Akademiya doktarantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi sinovlar

Akademiya doktarantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun navbatdagi sinovlar

2022 yilning 22 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasining doktorant va mustaqil izlanuvchilari ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirdi.

Imtihon Bosh prokuratura Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universitetining yetakchi olimlari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tilshunoslaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.

Imtihonda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning maxsus fanlar va chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida hamda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, izlanuvchilar tomonidan olib borayotgan dissertatsiya mavzusi doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimlari xususida berilgan savollarga javoblar olindi.

Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tadqiqotchilarga guvohnomalar berildi.