Prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlari xodimlari uchun o‘quv kursi yakunlandi

Prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlari xodimlari uchun o‘quv kursi yakunlandi

 

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura organlarining  kadrlar xizmati xodimlari uchun “Prokuratura organlarida kadrlarni tanlash, tayinlash va tarbiyalashning ayrim masalalari” mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi. 
O‘quv kursi dasturida prokuratura organlarida kadrlar ishini samarali tashkil etish, jumladan kadrlar zaxirasini shakllantirish, ishga qabul qilishni shaffoflik tamoyili asosida amalga oshirish, nomzodlarning shaxsiy xususiyatlari va kasbiy fazilatlarini aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish, yangi ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy faoliyatga moslashtirish, xodimlarning motivatsiyasini oshirish va ularning faoliyati samaradorligini baholashning optimal metodlarini qo‘llash kabi masalalar kiritilgan. 
O‘quv kursi doirasida prokuratura organlarining kadrlar xizmati faxriylari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi faoliyati tajribasini o‘rganish, shuningdek sudyalarni tanlash, tayinlash, malakasini oshirish va baholash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
Kurs ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi muzeyiga tashrif buyurib, prokuratura organlari faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar bilan tanishdilar.