O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 31 martdagi 295/4-son qarori asosida Akademiyaga mazkur fan bo‘yicha maxsus imtihon o‘tkazish huquqi berilgan.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon jarayonida talabgorlarning 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish yuzasidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.