Navbatdagi elektiv malaka oshirish kursi boshlandi

Navbatdagi elektiv malaka oshirish kursi boshlandi

Prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishda individual yondashuvni ta’minlash maqsadida Akademiya tomonidan tinglovchilarning so‘rovlar jarayonida muntazam aniqlab kelinayotan ehtiyojlarini inobatga olgan holda prokuror-tergov faoliyatining turli yo‘nalishlarida elektiv kurslarni ishlab chiqish va tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Ayni vaqtda Akademiya tomonidan Buxoro viloyati prokuroraturasi rahbariyati so‘roviga asosan Buxoro viloyati prokuroraturasining qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshiruvchi xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda, Akademiyaning axborot-ta’lim portali vositasida masofaviy shaklda tashkil etildi.

Kurs dasturi hududiy o‘ziga xoslik hamda tinglovchilarning ehtiyojlarin inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishning boshqa dolzarb masalalariga oid o‘quv mashg‘ulotlarini o‘z ichiga olgan.

O‘quv jarayoni boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tinglovchilar uchun mazkur kursning tashkiliy masalalariga, masofaviy kursni o‘tash va amaliy topshiriqlarni bajarish tartibiga bag‘ishlangan audiokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi.