Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tuman (shahar) prokurorlarining yordamchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Malaka oshirish kursi aralash shaklda tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilarning asosiy qismi ish joyidan ajralmagan holda Akademiyaning axborot-ta’lim portali orqali masofaviy tarzda o‘qitiladi, shuningdek kursning yakuniy bir xaftasi davomida tinglovchilarga ana’naviy tarzda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Kurs dasturida amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi tizimli muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda agrar va oziq-ovqat sohalarida qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘rin olgan.
O‘quv jarayoni boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tinglovchilar uchun audiokonferensiya shaklida seminar tashkil etilib, unda masofaviy ta’lim kursini tashkil etish va o‘tkazish, amaliy topshiriqlarni bajarish tartibi tushuntirildi.