Yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy profil muassasalar bilan o'zaro hamkorlikni o'rnatish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Rossiya Federatsiyasining Oliy sudi huzuridagi Davlat odil sudlov universiteti rahbariyati o'rtasida uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuvda Rossiya tarafidan Universitetning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori V.N.Kornev, o'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektori S.I.Puxnarevich, ta'lim faoliyatining sifati bo'yicha rektor o'rinbosari YE.A.Shkabura hamda o'quv-metodik boshqarma boshlig'ining o'rinbosari S.L.Parfenova ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tomonlar kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta'lim va ilmiy-izlanish ishlari, xalqaro hamkorlik sohalaridagi asosiy vazifalar va faoliyat yo'nalishlari bo'yicha axborot almashdilar.
Tadbir ishtirokchilari har ikki davlat muassasalarining kelgusidagi o'zaro hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qilib, ikki tomonlama manfaatdorlikka qaratilgan sohalarda o'zaro hamkorlikning konkret takliflarini ishlab chiqish yuzasidan kelishib oldilar.