Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash sohasidagi ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash sohasidagi ekspert bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasida YEXHT Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish departamentining Politsiya faoliyatining strategik masalalari bo‘limi eksperti Yuray Nosal bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv YEXHTning “Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Uchrashuvda loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish natijalari hamda keyingi bosqichlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Akademiya bo‘ylab ekskursiya davomida mutaxassis Akademiyaning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasi kadrlarini tayyorlash borasidagi ilmiy va ta’lim salohiyati bilan bevosita tanishdi, shuningdek YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida tashkil etilgan “Dark-veb laboratoriya” ixtisoslashtirilgan o‘quv xonasiga tashrif buyurdi.

Tomonlar shuningdek kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Akademiya salohiyatini oshirish, o‘quv-uslubiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Yu.Nosal tomonidan Akademiya kutubxonasiga ochiq manbalar  yordamida raqamli dalillarni izlash (OSINT Techniques) bo‘yicha maxsus adabiyotlar taqdim etildi.