Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlarining qonunchilik ijrosi ustidan nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi o‘rinbosarlari hamda yordamchilari ishtirokida iqtisodiy qonunchilik asoslariga bag‘ishlangan malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Mazkur kurs o‘qitishning aralash (1+1) shaklida tashkil etilib, masofaviy hamda an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlaridan iborat.
Kurs dasturi davlatning moliyaviy siyosati, davlat xaridlari, bank faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi hamda soliq tekshiruvlari, davlatning moliyaviy nazorati va taftishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi kabi masalalarni qamrab olgan.