Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish yo‘nalishidagi qo‘shma loyiha davom ettirildi

Yaponiya Adliya vazirligi bilan jinoyatchilik ahvolini tizimli o‘rganish yo‘nalishidagi qo‘shma loyiha davom ettirildi

Joriy yilning 25 mart kuni  jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olishda sun’iy intellektni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Yaponiya tarafi tungi vaqtdagi huquqbuzarliklarning oldini olishda politsiya tizimiga joriy etilgan sun’iy intellekt samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.  

Shuningdek, muqaddam joriy yilga rejalashtirilgan o‘zaro tashriflar muhokama qilindi.

Taraflar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va o‘zaro hamkorlikni yanada samarali davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.