Tuman (shahar) prokurorlarining ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha yordamchilari uchun majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashishga oid qonun buzilishi holatlarini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda huquqbuzarlarning harakatlariga huquqiy baho berish masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kursi boshlandi.
Mazkur kurs to‘liq masofaviy shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tinglovchilar mashg‘ulotlarda asosiy ish joyidan ajralmagan holda Akademiyaning axborot-ta’lim portali orqali ishtirok etadilar.
Kursdagi mashg‘ulotlar amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni hal etish yo‘llari hamda majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishning boshqa dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan.
O‘quv jarayoni boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tinglovchilar uchun mazkur kursning tashkiliy masalalariga, masofaviy kursni o‘tash va amaliy topshiriqlarni bajarish tartibiga bag‘ishlangan audiokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi.