“Tergovga qadar tekshiruvning ayrim masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi

“Tergovga qadar tekshiruvning ayrim masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tergovchilari uchun “Tergovga qadar tekshiruvning ayrim masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi boshlandi.

Kurs o‘qitishning aralash (1+1) shaklida tashkil etilgan bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari Akademiyaning ProAcademy axborot-ta’lim portali orqali masofaviy shaklda, shuningdek kursning yakuniy qismi Akademiyada kunduzgi ta’lim shaklida o‘tkaziladi.

Mazkur malaka oshirish kursi tinglovchilarda prokuratura organlarida dastlabki tergovni tashkil etish asoslari, qasddan odam o‘ldirish jinoyatini tergov qilish usullari, pora olish jinoyatini tergov qilish taktikasi, kriminalistik versiyalar va tergov faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.