Kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid o‘quv kursi tashkil etildi.

Kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash masalalariga oid o‘quv kursi tashkil etildi.

Bosh prokuratura Akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektorlarga boshchilik qiluvchi prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.  
Kurs doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari tomonidan kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlik qilish mexanizmlari hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi dolzarb masalalar yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Tinglovchilar, Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyati sektor rahbarlari o‘quv kursini o‘z vaqtida tashkil etilgani hamda sektorlarda kriminogen vaziyat barqarorligini va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishdagi ahamiyatini ta’kidladilar.