Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi doktorantlarining Buxoro va Samarqand viloyatlari prokuraturalariga tashrifi

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi doktorantlarining Buxoro va Samarqand viloyatlari prokuraturalariga tashrifi

Joriy yilning 6-7 aprel kunlari Buxoro va Samarqand viloyati prokuraturalariga Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi 8 nafar tadqiqotchi-doktorantlarining tashrifi doirasida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar davomida Buxoro viloyati prokurorining o‘rinbosari R.Zayniyev va Samarqand viloyati prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi Sh.Amritdinovlar mehmonlarga bugungi kunda O‘zbekistonda prokuratura organlari tizimida amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida ma’lumot berdilar.
O‘z navbatida, uchrashuvlarda mehmonlar o‘zlarining doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tajribasi bilan o‘zaro fikr almashishdi.
Tadbirlarda hamkorlikdagi faoliyat yuzasidan taklif va tavsiyalar qabul qilindi.
Shuningdek, qozog‘istonlik mehmonlar qadimiy Buxoro va Samarqandning diqqatga sazovor tarixiy joylari va muqaddas ziyoratgohlarini tomosha qildilar.