2022 yil 13 aprel kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan vebinar tashkillashtirildi. Unda Oliy attestatsiya komissiyasi ekspertlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi olimlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdilar.
Vebinarda dissertatsiya tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi. Dissertatsiya tadqiqotlari doirasidagi ishlanmalarni amalga oshirish mexanizmlari bilan bog‘liq ko‘plab muammolar mavjudligi va bu boradagi faol savol-javoblar vebinar mavzusining dolzarbligini ko‘rsatdi.
Tadbirda qilingan taqdimot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda ularga ilova qilinadigan konseptsiya va boshqa asoslovchi hujjatlarni ishlab chiqishning belgilangan tartibiga bag‘ishlandi.