Akademiya tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyoti davom etmoqda.
Xususan, joriy yilning aprel oyida Navoiy viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlarininig faoliyati bevosita hududga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganishda ekspert-tahlil guruhi takibiga kiritilgan prokuratura, adliya, ichki ishlar, mehnat, sog‘liqni saqlash, bojxona va soliq xizmati, nodavlat notijorat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda mazkur sohada mavjud muammolarni bartaraf etish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan, hozirgi vaqtga qadar uchrashuvlar Karmana, Navbaxor, Konimex, Nurota va Uchquduq tumanlarida o‘tkazilib, ekspert-tahliliy guruhlar faoliyati tahlil qilindi.
Uchrashuvlarda kelgusida mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarga axborot texnologiyalarini yanada keng qo‘llash masalalari muhokama etildi.