O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasiga Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokurori K.B. Aliyev boshchiligidagi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi.
Mehmonlarga Akademiyaning asosiy yo‘nalishlari faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan tanishtirildi. Delegatsiya tomonidan Akademiyaga, ilmiy markazlar faoliyati va Akademiyaning psixologik ta’minlash bo‘limi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, yaqin vaqt ichida Akademiya delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasiga xizmat safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi, ishtirokchilar tomonidan o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashinildi.