Bosh prokuratura Akademiyasida tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning yordamchilari ishtirokida “Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlarni o‘rganish va sud hujjatlariga protest keltirish masalalarida qonuniylikni ta’minlash” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Mazkur malaka oshirish kursi “3+1” tizimi asosida aralash shaklda o‘tkazilib, bir qismi tinglovchilar uchun ish joyidan ajralmagan holda masofaviy va yakuniy qismi bevosita Akademiyada bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilarning masofadan o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalari auditoriya mashg‘ulotlarida mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, kazuslar yechimini topish vositasida mustahkamlandi.
Malaka oshirish kursi yakunida tinglovchilardan imtihon olinib, kursni muvafaqqiyatli tamomlaganlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.