Akademiya rahbariyatining Riga oliy huquq maktabi direktori I. Ratsenaya boshchiligidagi delegatsiya hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi R. Troksha bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mehmonlarga Akademiyaning kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim funksiyasini amalga oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, delegatsiya tomonidan Riga Oliy huquq maktabi faoliyati tajribasi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Akademiyaning “Xalqaro huquqda inson huquqlari” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan mavzularda qo‘shma trening va seminarlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.