Mazkur malaka oshirish kursiga tuman (shahar) prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalardan jami 29 nafar tergovchilar jalb qilindi.
O‘quv kursi dasturiga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning
18 aprel kunidan 23 aprel kuniga qadar Bosh prokuratura Akademiyasida an’anaviy shaklda o‘tkaziladi.
O‘quv kursining maqsadi – tinglovchilarning prokuratura organlarida dastlabki tergovni tashkil etish asoslari, qasddan odam o‘ldirish va pora olish jinoyatlarini tergov qilish usullari, tergov faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha malakasini oshirish.
Kurs yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.