O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasida Qozon federal universitetining Yuridik fakulteti dekani L.T. Batkulina, Xalqaro faoliyat bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Sh. Davletgildeyev hamda Xalqaro va Yevropa huquqi kafedrasi mudiri A.I. Abdullin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishdilar. Akademiyaning ilmiy markazlar va magistratura yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratdilar.
Tomonlar ta’lim va fan bo‘yicha o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv do‘stona hamda konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.