Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Huquq” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Kengash huquq yo‘nalishidagi ilmiy loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish maqsadida yuridik fan yo‘nalishi bo‘yicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda shakllantirilgan ilmiy-texnik jamoa hisoblanadi. 
Bosh prokuratura Akademiyasining ilmiy va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, yu.f.d., professor M.M.Mamasiddiqovning raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Ilmiy-texnik kengash a’zolari tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi “Yurisprudensiyaga bog‘liq fanlararo kvantitativ tadqiqotlarga mo‘ljallangan raqamli platforma yaratish” mavzusidagi loyiha muhokama qilindi.
Muhokama qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi va munosib deb topilgan loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.