2020 yilning 7-8 sentyabr kunlari Akademiyada YEXHT, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, DXX va IIV vakillari ishtirokida terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida (TMQK) milliy instruktorlarni tayyorlash bo'yicha o'quv kursi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbir O'zbekiston Respublikasi vakillari uchun terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy instruktorlarni tayyorlash bo'yicha YEXHT hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan va 2019-2020 yillarda o'tkazilishi rejalashtirilgan kurslarning to'rtinchisi.
Loyiha TMQK masalalari bilan bog'liq trener sifatida tayyorgarlikdan o'tgan milliy ekspertlar guruhini tuzish, mazkur yo'nalishda xalqaro va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, ish jarayoniga yangi zamonaviy tajriba va usullarni kiritib borishga mo'ljallangan.
Mazkur tadbirning maqsadi terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'lik jinoyatlarni samarali tergov qilish sohasidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi vakillarining mazkur kursda ishtiroki juda sermahsul va foydali bo'lgan bo'lib, ishtirokchilar TMQK sohasida treninglar o'tkazish bo'yicha o'zlarining nazariy bilimlarini boyitdilar.