AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilar uchrashuv

AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL) vakillari bilar uchrashuv

Akademiya rahbariyatining AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha dastur katta maslahatchisi Djeyms Kallaxan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Amerika tomonidan, shuningdek, INL kompaniyasining Toshkentdagi direktori D.Anderson, dastur mutaxassisi A.Yusupov hamda dastur yordamchisi F.Kayumxodjayevlar ishtirok etdi.
Mehmonlar Akademiyaning amaldagi loyihalari, kadrlar tayorlash va ularning malakasini oshirish tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
Tomonlar loyihaning istiqbolli yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.