Akademiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari konferensiyasi modeli ötkaziladi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari konferensiyasi modeli ötkaziladi

Akademiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlari konferensiyasi modeli ötkaziladi

2026 yil 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oşiriş mexanizmi» mavzusida Konvensiya iştirokçi davlatlari konferensiyasining modeli bölib ötadi. Uşbu tadbir Özbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 35 yilligiga bağişlangan Xalqaro huquqni muhofaza qilish forumi doirasidagi tadbirlar turkumiga kiritilgan.

Konferensiya modeli Konvensiyaning korrupsiyaning oldini oliş siyosati va amaliyotiga oid 5-moddasini amalga oşiriş masalalariga bağişlanadi. Unda Qozog‘iston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston va Özbekiston oliy ta’lim muassasalarining töqqizta jamoasi iştirok etişi kutilmoqda.

Tadbir Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Korrupsiyaga qarshi kuraşiş agentligi tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi, Yevropa Ittifoqi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.

Birinçi bosqiçda jamoalar iştirokçi davlatlar delegatsiyalari sifatida xalqaro standartlar milliy qonunçilik va amaliyotda qanday tatbiq etilayotganini körsatib beradilar. Taqdimotlarda korrupsiyaning oldini olişga doir institutsional mexanizmlar va ularning amaliy natijalari ham yoritiladi. Ikkinçi bosqiçda jamoalar turli mamlakatlar tajribasini qiyosiy tahlil qiliş asosida milliy qonunçilik va huquqni qöllash amaliyotini takomillaştiriş böyiça takliflarini taqdim etadilar.

Telegram Facebook