BMT GJB vakillarining Akademiyaga tashrifi

BMT GJB vakillarining Akademiyaga tashrifi

Akademiyada BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi milliy koordinatori Azat Irmanov va BMT GJBning eksperti Dmitriy Nurumov bilan ishchi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hamda BMT GJB o‘rtasida 2022–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ayrim bandlariga oid masalalar muhokama qilindi.