Joylarda jinoyatchilik ahvolini o‘rganish davom etmoqda

Joylarda jinoyatchilik ahvolini o‘rganish davom etmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi xodimlari tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyoti davom ettirib kelinmoqda.

Muqaddam Navoiy viloyatida aynan shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan ekspert-tahlil guruhlarining faoliyati bevosita o‘rganilgan edi.

Hozirda mazkur o‘rganish Buxoro viloyatida davom ettirilib, bevosita joylarga chiqqan holda ekspert-tahlil guruhlari tarkibiga kiritilgan vakillar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, guruh a’zolariga mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasi va amaliyoti yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Xususan, Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi xodimlari tomonidan viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari B.Kamolov va bo‘lim boshlig‘i K.Ikramovlar ishtirokida Vobkent tumani ekspert-tahlil guruhi vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Akademiya xodimlari tomonidan joylarda bu kabi amaliy tadbirlar davom ettirilmoqda.