Bosh prokuratura Akademiyasida “Sudlarda jinoiy ishlarni ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash” mavzusida darslik tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasida “Sudlarda jinoiy ishlarni ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash” mavzusida darslik tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi katta o'qituvchisi D.Dovudova tomonidan Akademiya tinglovchilari, magistrlari hamda amaliyotchi xodimlar uchun “Sudlarda jinoiy ishlarni ko'rilishida prokuror vakolatini ta'minlash” mavzusida darslik tayyorlandi.

Ushbu darslikda jinoiy sud ishlarini yuritish jarayonida prokuror vakolatini ta'minlashning tarixiy rivojlanishi, nazariy tushunchalar, huquqiy asoslar, birinchi instantsiya va yuqori sudlarda jinoiy ishlarni ko'rilishida prokuror ishtirokining protsessual asoslari, jinoyatlar uchun jazo tayinlash asoslarining prokurorlar uchun ahamiyati, prokuror nutqi, uning tuzilishiga nisbatan talablar va sud muzokarasidagi ishtiroki, protsessual hujjatlarga qo'yilgan talablar va ularning namunalari, huquqni qo'llash amaliyotida yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, mazkur sohada xorijiy va MDH davlatlarining protsessual normalari va boshqa bir qator masalalar bayon etilgan.

Bundan tashqari, materiallar o'zlashtirilishini osonlashtirish uchun darslikda tinglovchilarning bilimlarini oraliq va joriy nazorat qilish imkonini beruvchi nazorat topshiriqlari (mavzular bo'yicha nazorat savollari, testlar va kazuslar) berilgan.

Darslik jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarga, Akademiya tinglovchilari hamda magistrlariga yaqin ko'makchi bo'lib xizmat qiladi.