Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan masofaviy o‘quv kursi o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv kursida dastlab viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o‘rinbosarlari o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.
O‘quv mashg‘ulotlari mobaynida 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi, har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari, prokuratura organlari oldidagi ustuvor vazifalar borasidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar topshirildi.