Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan mamalakatimizdagi boshqa oliy yuridik ta’lim muassasalari bilan o‘quv-amaliy hamkorlikka alohida e’tibor qaratib kelingan. Xususan, Akademiya magistraturasiga “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan bitiruvchilarni jalb qilish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etilishi an’anaga aylangan.
Navbatdagi uchrashuv “Xotira va qadrlash kuni” tadbirlari doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchi talablari bilan O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga magistraturasida tahsil olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, prokuratura organlariga tizimiga kiruvchi ushbu ta’lim muassasasida tahsil olishning afzalliklari, kirish imtihonlari hamda o‘qishni tashkil etish tartibi, shuningdek magistratura faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida talabalar prokuratura organlarining shakllanish tarixi, alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar faoliyati, shuningdek bugungi kundagi prokuratura hayotiga oid bo‘lgan ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirning tashkil etilishi ham alohida ramziy ma’no kasb etdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.