2022 yil 16 may kuni Akademiyada Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi (MKQKA) direktori Xadji Idris bin Zaharudinning tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida mehmonga Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari batafsil tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasi
va Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasi o‘rtasida hamkorlikning rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l haritasi” ijrosini amalga oshirish bosqichlari haqida fikr almashinildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi o‘rtasida Ta’lim faoliyati sohasida hamkorlik Memorandumni imzolanishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Malayziyalik ekspert tomonidan Akademiya magistratura tinglovchilari va xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi hamda MKQKA faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Akademiya rahbarligi va MKQKA direktori tomonidan o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan aniq qadamlar belgilandi.
Shu bilan birga, Xadji Idris bin Zaharudinning 17 may kuni Akademiya tomonidan “Yuridik Ta’limdagi Innovatsiyalar: Mavjud Muammo va Yangi Imkoniyatlar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi va parallel sessiyalarida nutq so‘zlab ishtiroki amalga oshirildi.