O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi rahbariyatining Fransiya milliy magistratura maktabining (ENM) uzluksiz ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Elodi Malassis, Xalqaro hamkorlik bo‘limi loyiha menejeri Florens Gilber va Xalqaro hamkorlik loyihasi rahbari Leyla Bronkar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Fransiya Respublikasi milliy magistratura maktabi o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan Akademiya tashkil topganligining 4 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yuridik ta’limdagi innovatsiyalar: dolzarb muammolar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi va parallel sessiyalarida ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Fransiya milliy magistratura maktabi boshlang‘ich ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Samuyel Leyne yalpi majlisda “Yuqori malakali murabbiylar orqali oliy martabali sudyalar
va prokurorlarni tayyorlash” mavzusida ma’ruza bilan onlayn ishtirok etdi.
Shuningdek, Fransiyaning uch nafar ekspertidan iborat delegatsiya
va Fransiyaning milliy magistratura maktabi vakillari Toshkent shahrida Akademiya bilan hamkorlikda Fransiya Musodara qilingan aktivlarni qayta ishlash va qaytarish agentligi (AGRASC), XNNT “Mintaqaviy muloqot” hamda Fransiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (AFA) ko‘magi doirasida “Mol-mulkni xatlash va musodara qilish - korrupsiyaga qarshi kurashish vositasi sifatida” mavzusida seminar tashkil etdi.