Qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini uslubiy ta’minlash yo‘lida

Qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini uslubiy ta’minlash yo‘lida

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi bilan hamkorlikda “Qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishi ustidan nazorat” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–43-son qarori ijrosiga asosan, qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika, hududiy, tuman (shahar) shtablari va ishchi guruhlari faoliyatini yo‘naltirish, mavjud normativ hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish jarayonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarni yoritib berish orqali uslubiy ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, mazkur qo‘llanmada qurilish sohasidagi nazorat ob’ektlari, ularni tekshirish tartibi, mexanizmi va shu kabi boshqa masalalar ham batafsil yoritilgan.
Qo‘llanmadan qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika, hududiy, tuman (shahar) shtablari va ishchi guruhlari mas’ul xodimlari, sohaviy nazoratni amalga oshiruvchi prokuratura xodimlari, Akademiya tinglovchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari, soha bo‘yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshiruvchi tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.