Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining Prokuratura xodimlarini kasbiy tayyorlash markazi direktori Azamat Moldobayev hamda Jinoiy, fuqarolik protsesslari va sud qarorlari ijrosini nazorat qilish departamenti prokurori Cho‘lpon Asilbekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar joriy yilda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining Prokuratura xodimlarini kasbiy tayyorlash markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolashga oid tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi.
Mehmonlar Akademiya faoliyati yo‘nalishlari, ta’lim jarayonini, shu jumladan, masofaviy ta’limni jarayonini tashkil etish, multimedia studiyasi, kriminalistik poligon, elektron tir, axborot-resurs markazi bilan batafsil tanishishdi.
Shuningdek, ikkala davlatning prokuratura organlari o‘quv muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.