Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Akademiyaga ishga yangi qabul qilingan professor-o‘qituvchilarning pedagogika, andragogika va o‘qitish metodikasi sohasidagi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida “Pedagogik (andragogik) va ilmiy faoliyat” mavzusidagi navbatdagi majburiy o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv kursi 12 ta treningdan iborat bo‘lib, joriy yilning 30 may kuniga qadar davom etadi.
Kurs ishtirokchilarda Akademiyaning ta’lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlash borasidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish, zarur ta’lim dasturlarini tayyorlash va amalga oshirish, andragogikada samarali o‘qitish metodikalarini qo‘llash, o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkillashtirish, tinglovchilarning o‘zlashtirishini baholash va ta’lim sifati monitoringi bo‘yicha zarur kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mashg‘ulotlar yakuni bo‘yicha tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.