“Fuqarolik protsessual huquqi” darsligi nashr etildi

“Fuqarolik protsessual huquqi” darsligi nashr etildi

Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqovning umumiy tahririda tayyorlangan “Fuqarolik protsessual huquqi” darsligi nashr etildi. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan “Fuqarolik protsessual huquqi” fani dasturiga muvofiq tayyorlangan.

Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy va maxsus qismiga oid barcha masalalar batafsil ko‘rib chiqilgan.

Mazkur darslik yuridik o‘quv yurti talabalari, prokuratura xodimlari, fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarning sudyalari, advokatlar, shuningdek keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo‘ljallangan. Darslikdan shuningdek fuqarolik protsessual huquqi; iqtisodiy protsessual huquqi; hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar foydalanishi mumkin.