Turkiya Bosh prokurorining Bosh Prokuratura Akademiyasiga tashrifi

Turkiya Bosh prokurorining Bosh Prokuratura Akademiyasiga tashrifi

Bosh prokuratura Akademiyasida Turkiya Bosh prokurori Bekir Shaxin boshchiligidagi Bosh prokuratura prokurori Baxattin Azizagaoglu va xalqaro hamkorlik bo‘limi katta prokurori Ilknur Altuntashdan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim jarayoni bilan tanishdi va o‘z navbatida Turkiya Oliy kassatsiya sudi faoliyati tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.