TOŞKENT XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ HAMJAMIYATINI BIRLAŞTIRADI: AKADEMIYADA ÖZBEKISTON PROKURATURA ORGANLARI TAŞKIL ETILGANINING 35 YILLIGIGA BAG‘IŞLANGAN XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ FORUMI TADBIRLARINING UÇ HAFTALIK DASTURI BOŞLANADI
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

TOŞKENT XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ HAMJAMIYATINI BIRLAŞTIRADI: AKADEMIYADA ÖZBEKISTON PROKURATURA ORGANLARI TAŞKIL ETILGANINING 35 YILLIGIGA BAG‘IŞLANGAN XALQARO HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ FORUMI TADBIRLARINING UÇ HAFTALIK DASTURI BOŞLANADI

15 ta tadbir, mingdan ortiq iştirokçi va xorijiy ekspertlar – 2026 yil 16 noyabrdan 4 dekabrga qadar Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaşdagi zamonaviy çağiriqlar va yangi yeçimlar yuzasidan xalqaro muloqot maydoniga aylanadi.

Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan Xalqaro huquqni muhofaza qilish forumi dasturi huquqni muhofaza qiluvçi organlar, ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro tashkilotlar vakillarini birlaştiradi. 40 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilot vakillari bo‘lgan 150 nafar yetakçi xorijiy ekspertning bevosita iştiroki kutilmoqda.

Dasturning umumiy maqsadi – huquqni muhofaza qilish faoliyatining amaliy vazifalarini hal etiş uçun tajriba, ilmiy bilimlar va zamonaviy texnologiyalarni birlaştiriş. E’tibor markazida yangi tahdidlarga qarşi kuraşiş, jinoyatlarni tergov qilış samaradorligini oşiriş, inson huquqlarini himoya qilış hamda jadallik bilan özgarayotgan şaroitda işlaşga qodir mutaxassislarni tayyorlaş masalalari turadi.

Tadbirlar EXHT, GIZ, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik bo‘yiça boşqarmasi, Interpol, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida o‘tkaziladi.

Dastur 16 noyabr kuni Markaziy Osiyoda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş salohiyatini oşirişga qaratilgan beş kunlik xalqaro trening bilan boşlanadi. EXHT ko‘magida o‘tkaziladigan treningda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlarining 23 nafar vakili iştirok etadi.

Uç hafta davomida terrorizm, korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş, narkojinoyatlarni tergov qilış va raqamli kriminalistikani rivojlantiriş masalalariga bağişlangan xalqaro va milliy konferensiyalar, seminarlar hamda davra suhbatlari o‘tkaziladi. Dasturdan, şuningdek, yuridik ta’lim va ilm-fan, huquqni muhofaza qilış faoliyatining gender jihatlari, nogironligi bo‘lgan şaxslarning huquqlarini himoya qilış va sportda korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari ham o‘rin olgan.

Markaziy tadbir – 26 noyabr kuni «Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlaş: zamonaviy çağiriqlar va yangi yeçimlar» şiori ostida boşlanadigan Tashkent Law Enforcement Forum – 2026 xalqaro ilmiy-amaliy forumi.

Yalpi majlis va parallel sessiyalarda iştirokçilar prokuratura organlari faoliyatini takomillaştiriş, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tergov olib borişning zamonaviy usullari, şuningdek, korrupsiya va moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qiladilar.

Turkiy davlatlar sud-huquq ta’limi tarmog‘ining alohida sessiyasi kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, raqamli dalillar almashinuvi va raqamli kriminalistika imkoniyatlariga bağişlanadi.

Dasturning yakuniy qismida raqamli kriminalistika va qonuniylikni ta’minlaşga bağişlangan milliy tadbirlar, yoş olimlar forumi, sportda halollikni ta’minlaş bo‘yiça xalqaro seminar hamda nogironligi bo‘lgan şaxslarning huquqlariga bağişlangan konferensiya o‘tkaziladi.

Xalqaro muloqotning amaliy davomi sifatida yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi: forum doirasida Akademiya, xorijiy muassasalar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida bir qator kelishuv va memorandumlarni imzolash rejalashtirilgan.

Uç haftalik dastur yakunlari 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yakuniy davra suhbatida sarhisob qilinadi.

Forum huquqni muhofaza qiluvçi organlar, ilm-fan va ta’lim sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Tadbirlar dasturi.

Telegram Facebook