Sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Hududiy prokuraturalar ish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursi tinglovchilari ishtirokida joriy yilning 27-30 may kunlari Surxondaryo viloyatida sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sayyor mashg‘ulotlar davomida Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda Uzun tuman prokuraturasining ijobiy ish tajribalari o‘rganildi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ijobiy yutuqlarga erishayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, viloyatning diqqatga sazovor joylari, tarixiy-arxeologik yodgorliklari, madaniyat maskanlariga tashriflar uyushtirildi.

Mazkur sayyor mashg‘ulotlar tinglovchilarning prokuratura organlari ijobiy ish amaliyotini o‘zlashtirish, o‘zaro tajriba almashish hamda kelgusida faoliyat samaradorligini yana oshirishga xizmat qiladi.