Bosh prokuratura Akademiyasida Agrar va oziqovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tuman (shahar) prokurorlarining yordamchilari uchun mazkur yo‘nalishda malaka oshirish kurslari o‘z nihoyasiga etdi.
Kurs aralash ta’lim formatida tashkil etilib, unda tiglovchilar ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim oldilar hamda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasida kunduzgi ta’lim tarzida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.
Kurs doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga qonunchilikdagi yangiliklar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi tizimli muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda agrar va oziq-ovqat sohalarida qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, tinglovchilar qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yer uchastkalarini ajratish, suv va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish hamda saqlash, meva-sabzavotchilik va polizchilik, chorvachilik va naslchilikka oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil qilish kabi qator dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.