Davlat test markazi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Davlat test markazi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur faoliyat doirasida Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 61 nafar xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi o‘tkazildi.

O‘quv kursi masofaviy shaklda o‘tkazildi va markaz xodimlariga ish jarayonidan ajralmagan holda korrupsiya tushunchasi, shakllari va sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens-nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi va uni oldini olish masalalari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va korrupsiya uchun javobgarlik kabi mavzularda o‘z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatini berdi.

O‘quv kursini ijobiy tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.

Hozirda Davlat test markazining navbatdagi 62 kishidan iborat guruhi masofaviy shaklda o‘qishni boshladi.