Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining navbatdagi guruhi uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi yakunlandi.
Kurs davomida qo‘mita xodimlari korrupsiya tushunchasi, shakllari va sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida komplayens-nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi va uni oldini olish masalalari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va korrupsiya uchun javobgarlik kabi mavzularda o‘z bilim va malakalarini oshirib olishdi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.