Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish sohasidagi faoliyat davom ettirilmoqda

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish sohasidagi faoliyat davom ettirilmoqda

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan BMT GJB hududiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Xavfsiz hudud” loyihasi amalga oshirilgan.

Loyihani amalga oshirish davomida yo‘l-transport xodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish metodikasi ishlab chiqilgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda yo‘l harakati ishtirokchilarining qonunga itoatkorligini oshirish natijasida yo‘l-harakati hodisalarining oldini olish maqsadida xalqaro hamkorlar bilan maxsus ijtimoiy videorolikni tasvirga olish ishlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura Akademiyasida Akademiya rahbariyati va xodimlarining mazkur videorolikni yaratishda ishtirok etayotgan rejissyor, respublika DAN hamda BMT GJB hududiy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ijtimoiy videorolikning ssenariysi, shuningdek uni tasvirga olishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra mazkur viderolik uchun saundtrek, konseptsiya va ssenariy ma’qullanib, ijodiy guruh loyihani amalga oshirishga kirishdi