Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan hududlarda kriminogen vaziyatni o‘rganish amaliyoti davom ettirilmoqda. Muqaddam Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi kriminogen vaziyatni o‘rganish to‘g‘risida xabar berilgan edi. Hozirda mazkur faoliyat Toshkent viloyatida davom ettirilmoqda.
O‘rganish jarayonida bevosita joylarga chiqqan holda ekspert guruhining har bir a’zosi, ya’ni prokuratura, adliya, ichki ishlar, yoshlar ishlari agentligi, ta’lim, mehnat, sog‘liqni saqlash, bojxona, soliq xizmati, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlar davomida jinoyatchilikning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar chuqur muhokama etilib, kelgusida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinmoqda.
Xususan, Jinoyatlarning sodir etish sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi xodimlari hamda Toshkent tumanida tuman prokurori A.Nazarov ishtirokida ekspert tahlil-guruhi a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hududning o‘ziga xos jihatlari muhokama etildi, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.