Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirish maqsadida test sinovlari o'tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirish maqsadida test sinovlari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6013-son Farmoniga asosan joriy yilning 26 avgust kuni Bosh prokuratura Akademiyasi bazasida Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirish jarayonining test bosqichi o'tkazildi.

Tanlovni sifatli o'tkazish maqsadida Akademiya tomonidan testlarni shaffof o'tishi va korrupsiogen omillarni istisno etish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy jamlanmalardan foydalanildi. Tanlovni o'tkazish jarayoni Agentlikning Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali onlayn translyatsiya qilib borildi.

Shu bilan birga, COVID-19 koronavirusi pandemiyasi sababli vujudga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda ishtirokchilar tomonidan karantin qoidalariga to'la amal qilinishi hamda test o'tkazish xonalarini dezinfektsiya qilib borilishi ta'minlandi.

Hududlardagi test topshirish jarayoni videokonferentsaloqa vositasida kuzatib borildi.