Akademiyada o‘tkazilayotgan “Prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash” kursi tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida mashg‘ulotlarga vakolatli vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari muntazam jalb etib kelinmoqda.
Navbatdagi binar o‘quv mashg‘ulot “Majburiy mehnat tushunchasi, turlari va javobgarlik asoslari” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Q.Odinayev hamda Akademiya kafedra katta o‘qituvchisi A.Axmedov tomonidan hamkorlikda o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga javob berish bilan birga, amaldagi qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, amaliyotda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklar, ularni
hal etish yo‘llari hamda majburiy mehnatga qarshi kurashishga oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishning boshqa dolzarb masalalarni yuzasidan tushuntirishlar berildi.