Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining navbatdagi 62 kishilik guruhi uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi.
O‘quv kurs doirasida Davlat test markazining xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi va uni oldini olish masalalari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va korrupsiya uchun javobgarlik kabi mavzularda o‘z bilimlarini oshirib olishdi.
Masofaviy kurs yakunida tinglovchilar bilimlari test sinovlari orqali tekshirilib, yuqori baho olganlarga esa sertifikatlar topshirildi.
Ma’lumot uchun, oxirgi ikki oy ichida Akademiyada Davlat test markazining jami 123 nafar xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishi ta’minlangan.