O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADЕMIYASI MAGISTRATURASIGA QABUL BOSHLANDI

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI AKADЕMIYASI MAGISTRATURASIGA QABUL BOSHLANDI

Bosh prokuratura Akademiyasida 2022/2023 o‘quv yili uchun ta’limning kunduzgi va sirtqi shakllari bo‘yicha magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Magistraturaga tanlov “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar (sh.j. prokuratura organlari xodimlari) orasida o‘tkaziladi. 

Kunduzgi ta’lim shaklida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha jami 60 ta qabul kvotasi ajratilgan. Jumladan:

“Prokurorlik faoliyati” – 15 ta;            

“Tergov faoliyati” – 15 ta;    

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” – 15 ta;

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – 15 ta (24 ta davlat granti va 36 ta to‘lov-kontrakt). 

Sirtqi shakli uchun “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha jami 25 ta qabul kvotasi joriy qilinmoqda (5 ta davlat granti va 20 ta to‘lov-kontrakt).

Bosh prokuratura Akademiyasining magistraturasiga hujjat topshirish tartibi bilan videoyo‘riqnoma orqali tanishish mumkin.