Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Xalq bankining 36 nafar va Milliy bankning 20 nafar bank sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun tashkillashtirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi o‘z yakuniga yetdi.
O‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022 yil 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan o‘tkazilgan.
Masofaviy kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.