2022 yil 27 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda bojxona xizmati organlarida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini samarali tashkil etish masalalari” mavzusidagi malaka oshirish kursi o‘quv dasturi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, qadr-qimmatini himoya qilish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va boshqa idoralar bilan o‘zaro hamkorligi, milliy ma’ruzalar tayyorlash bo‘yicha asosiy vazifalari, inson huquqlarini ta’minlash sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasida prokuratura organlari bilan olib borayotgan hamkorligi, ushbu hamkorlikning ahamiyati borasida fikr almashildi.