Akademiya xodimlari taqdirlandi

Akademiya xodimlari taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining Bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining yigirma besh yilligi  munosabati bilan kadrlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, xodimlarga prokuror-tergov ishining ilg'or yutuqlarini o'rgatish, ularni qasamyodga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda prokuratura organlari faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlash ishiga salmoqli hissa qo'shib, samarali xizmat qilib kelayotgan Bosh prokuratura Akademiyasining bir qator xodimlari mukofotlar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratishda qo'shayotgan munosib hissa qo'shib kelayotgan va xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib kelayotgan xodimlarga Bosh prokuror tomonidan tegishli rag'batlantirish choralari qo'llanildi.